Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklashga arizani qanday onlayn jo‘natish mumkin? Qo‘llanma
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish imkoniyati mavjud. Arizalar uch kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Legalmax boshqaruvchi hamkori Muxammadali Maxmudov tavsiya qilgan 5ta kitob
Huquqshunos o‘zlikni anglashga, insoniyatning qadimgi tarixi, zamonaviy marketing va biznes yuritishga oid kitoblar tavsiyasini Spot bilan bo‘lishdi.
Xorijda ta’lim: Italiyada grant asosida ta’lim olgan Tolibjon Olimjonov hikoyasi
Tolibjon Spot bilan suhbatda nima uchun Italiyani tanlagani, grantga hujjat topshirish ketma-ketligi, viza olish bosqichlari hamda kerakli hujjatlar haqida so‘zlab berdi.
Polshada o‘tkaziladigan amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda
Unda o‘zbekistonlik bakalavr va magistratura darajasini tamomlagan yoshlar ham ishtirok etishlari mumkin. Qabul qilinganlarga oylik stipendiya beriladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov stavkalari oshirildi.
1-apreldan elektromobillar va mototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish 510 ming so‘mni, qolgan barcha transport vositalari uchun esa 2,32 mln so‘mni tashkil etadi. - Telegramda monetizatsiya ishga tushirildi.
Monetizatsiya bir qator mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Ukraina, Falastin va Isroil uchun ishlamaydi. - Uchta viloyatdagi ayrim metan zapravkalarda gaz narxi oshirilgani aniqlandi.
Farg‘ona, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi AGTKShlarda gaz narxi 3 800 so‘mgacha yetgan. - O‘quv markazi ochish uchun subsidiya ajratish boshlandi.
Xizmatdan Yagona portal orqali bepul fondalanish mumkin. Arizalar 10-aprelgacha qabul qilinadi. - Endilikda mehnat migrantlarining ayrim xarajatlari qisman qoplab beriladi.
Xorijdan qaytgan migrantlarni ishga olgan korxonalarga har bir xodim uchun oyiga 500 ming so‘m miqdorida subsidiya berib boriladi. - Shavkat Umurzoqov rasman Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi.
U o‘tgan yilning mart oyida O‘zavtosanoat raisiligidan poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. - Amir Temur shoh ko‘chasidagi davlat idoralari binolari o‘rnida savdo va xizmat ko‘rsatish binolari quriladi.
Banklar tadbirkor mijozlarga kredit berayotganda fuqarolarni ishga olish sharti bilan kredit foizini kamaytiruvchi tizimni joriy qilish taklif etildi. - O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi.
Mablag‘lar oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilib, issiqxonalar qurish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish mumkin. - Coursera platformasida bepul o‘qish uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Unda IT-sohasida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. - Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 5 so‘mga oshib, 12685 so‘mni tashkil etdi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
ANORBANK “O‘zbekistondagi qimmatbaho brendlar” ro‘yxatidan joy oldi
Bank Brand Finance tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekistondagi eng qimmat brendlar” reytingida $16 mln dollar qiymati bilan yettinchi o‘rinni egalladi.
Kimyo universitetiga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2024−2025 o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini boshladi. Universitetda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish imkoniyati mavjud.