Toshkent metropoliteni bayram kunlari poyezdlar qanday harakatlanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ramazon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida — 11,12,14-aprelda metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda harakatlanadi.
13-aprelda esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00dan harakatlanishini boshlaydi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.