5-aprel kuni Farmatsevtika xavfsizligi markaziga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda “UzA” xabar berdi.
Tashkilotga Alisher Temirov rahbarlik qiladi. Bungacha u Sog‘liqni saqlash vazirligining farmatsevtika tarmog‘ini tartibga solish va dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Markazning avvalgi direktori Agzam Nartayev “boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan” lavozimidan ozod etildi. U 2023-yil sentabr oyida markaz rahbari etib tayinlangan edi.
Avvalroq “Spot” energetika vaziri o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev “O‘zatom” agentligi direktori etib tayinlangani haqida yozgandi.