Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar uch kun — 10-apreldan 12-aprelgacha dam olishadi.
Shu kunlarda quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi:
- “Ipak yo‘li bank”;
- "Milliy bank";
- "Biznesni rivojlantirish banki";
- "Agrobank";
- "Hamkorbank";
- "Trastbank";
- "Turonbank";
- "Aloqabank";
- "Sanoatqurilishbank";
- "Xalq banki";
- "Asakabank";
- "Infin bank";
- "Ipoteka bank";
- "Garant bank";
- "Mkbank";
- "Poytaxtbank";
- "Asia Alliance bank";
- "Octobank";
- "Universalbank";
- "Orient Finans Bank";
- "Hayotbank";
- "Tengebank";
- "Davrbank";
- "Anor bank".
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Avvalroq bayram kunlari Toshkent shahrida jamoat transportlari va metro qanday harakatlanishi haqida ma’lumotlar berilgandi.
Ramazon hayiti kuni jamoat transporti 04:00dan 10:00gacha bepul xizmat ko‘rsatadi. Toshkent metropolitenidan ham xuddi shu vaqtlarda bepul foydalanish mumkin.