“Utair” aviakompaniyasi 6-iyundan boshlab Xanti-Mansi avtonom okrugidagi Surgutdan Farg‘onaga parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.
Surgut aeroporti veb-saytiga ko‘ra, “Utair” bu yo‘nalishda parvozlarni amalga oshiradigan yagona aviakompaniyadir.
Aviqatnov haftada bir marotaba — payshanba kunlari quyidagi jadval asosida (mahalliy vaqt bilan) amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3 soat 40 minut:
- Surgutdan jo‘nab ketish — 22:20;
- Farg‘onadan 03:20, Samaraga kelish — 20:20.
“Farg‘ona Markaziy Osiyoning asosiy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri. Shuning uchun yozda biz u yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni Utairning bazaviy aeroporti bo‘lgan Surgutdan boshlashga qaror qildik. Aviakompaniya Farg‘onaga Moskvadan ham reyslarni amalga oshiradi”, — deyiladi “Utair-Passenger Airlines” prezidenti Oleg Semyonovning bayonotida.
Avvalroq “Utair” iyun oyidan boshlab Samaradan Buxoro va Farg‘onaga muntazam parvozlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.
Aviaqatnovlar har hafta amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi reyslar 3 va 7-iyun kunlariga mo‘ljallangan.