13-aprel kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Bektemir tumani — “Bektemir” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha;
- Uchtepa tumani — “O‘rikzor” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha;
- Yunusobod tumani — “Tiklanish”, “Katta Hasanboy”, “Hasanboy”, “Sharq haqiqati” hamda “Islomobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00dan 14:00gacha;
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Joriy yilning 8-martidan tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytishi sabab, 18-fevral kuni elektr energiyasi ta’minotiga o‘rnatilgan cheklovlar bekor qilindi.
Biroq, oradan bir necha kun o‘tgach, 11−12 mart kunlari yuz bergan kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli elektr energiyasi yetkazib berishda 150 MVtgacha cheklovlar kiritildi.