Dizayner Mishel di-Karlo 3D-bosma krossovkalar uchun noyob konsepsiyani ishlab chiqdi. Bu haqda “Europaplus” xabar berdi.

Ularning noyobligi shundaki, krossovkalar avtomatik ravishda oyoq o‘lchamiga moslashadi.

“4Steps” loyihasi 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan. Ular endi har yili yangi poyabzallarni sotib olishlari shart emas.

Sozlanishi mumkin bo‘lgan krossovkalar 5 xil o‘lchamga cho‘zilishi mumkin.

Bir juft krossovka vazni juda yengil — har biri 123 gramm bo‘lgani sababli poyabzal bolalar uchun qulaydir.

Nafas olish qobiliyatini oshiradigan va og‘irlikni yanada kamaytiradigan maxsus tuzilishga ega. Shuning uchun, bolalar yugurish paytida og‘irlik sezmaydilar.

Mishel 2017-yilda Italiya universitetida kontseptual loyihani taqdim etgan, ammo keyin uni yakunlashga qaror qilgan. U dizaynni rivojlantirdi va poyabzal sanoatida ekologik barqarorlik masalasini ko‘rib chiqdi.


Avvalroq “Spot” Tramp o‘zining oltin krossovkalar brendini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Krossovkalarning narxi $399ni tashkil qilib, oyoq kiyimida AQSh bayrog‘i tasviri va lotincha T harfi aks etgan.