“Samsung” sun’iy intellektga asoslangan xususiy Galaxy AI funksiyalarini yangilashni e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, qurilmalarda endi rus tiliga avtomatik tarjima qilish imkoniyati mavjud.

Endilikda rus tili real vaqt rejimida telefon qo‘ng‘iroqlarining ikki tomonlama ovozli va matnli tarjimasi bilan “Live Translate” funksiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Qayd etilishicha, bunda smartfon avtomatik ravishda tilni tan oladi va tarjimani faollashtiradi.

Rus tilidan tashqari, dasturning yangi versiyasi arab va indonez tillarini, shuningdek, avstraliyalik ingliz, kanton va kanada fransuz tillarining dialektlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

2024-yil oxiriga kelib Galaxy AI yana to‘rtta tilni, jumladan, rumin, turk, golland va shved, shuningdek, an’anaviy xitoy va yevropalik portugal tillarini qo‘shadi.


Avvalroq “Spot” “Samsung” quloqchinlari real vaqt rejimida tarjima qila olish imkoniyatiga ega bo‘lgani haqida yozgandi.

Yangi “Live Translate” funksiyasi “Galaxy Buds"dan telefon qo‘ng‘iroqlari uchun tarjimon sifatida foydalanish imkonini beradi, bu esa boshqa tilda muloqot qilishni osonlashtiradi.