“Siberia Weal” kompaniyasi Rossiya korxonalarining mahalliy bozorga kirishiga yordam berish maqsadida O‘zbekistonda ish boshladi. Bu haqda Rossiyaning Toshkentdagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Konsalting firmasi Tyumen viloyati Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan va uning vakolatxonasi sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya mutaxassislari ushbu mintaqadagi va Rossiyaning boshqa hududlaridagi kompaniyalarga to‘liq xizmatlarni taqdim etishadi.
Xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
- mahalliy yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash;
- moliyaviy hisobotlarni yuritish;
- “Made in Uzbekistan” sertifikatini olish;
- potensial xorijiy hamkorni izlash va tanlash;
- ijara uchun binolarni tanlash (Toshkent va Toshkent viloyatida);
- biznes uchun mehmonxona tanlash va bron qilish (Toshkent va Toshkent viloyatida);
- o‘zbek tilidan rus tiliga va aksincha, og‘zaki va yozma tarjima;
- individual biznes missiyalarini tashkil etish;
- ko‘rgazma tadbirlarida ishtirok etish va boshqalar.
Avvalroq Rossiyaning “Stroyproyekt” kompaniyasi Toshkent shahrida $10 mlnga ishbilarmonlik markazi qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.