O‘zbekistonliklar Turkiyaga xizmat ko‘rsatish sohasiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbout xizmati xabar berdi.
Ayni paytda mehmonxona xizmatchisi yo‘nalishi bo‘yicha 40ta bo‘sh ish o‘rni uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.
Ish vaqti haftasiga 48 soatni (6/1) tashkil etib, ishchilarga oyiga 18 ming turk lirasi ($556) miqdorida ish haqi beriladi.
Sinov muddati 3 oyni tashkil etadi. Qabul qilinganlarga ijtimoiy himoya va tibbiy sug‘urta tadqim etiladi.
Ishchi vizasini rasmiylashtirish hamda turar joy bilan bog‘liq xarajatlar ishchilarning o‘z hisobidan qoplanadi.
Nomzodlar 18−40 yosh oralig‘ida, mehmonxona sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi va o‘rta maxsus ta’lim darajasiga ega bo‘lishlari kerak.
Shuningdek, mas’uliyatli bo‘lish va zararli odatlardan holi bo‘lish ham so‘raladi.
Ish faoliyati mavsumiy ekanligini inobatga olib, mehnat shartnomasi 6 oy davom etadi.
Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.
Avvalroq “Spot” xorijga qonuniy ishga qanday ketish mumkinligi hamda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.