O‘zbekistonliklar Germaniyaga “Ausbildung” tizimi asosida oshpazlikka ishga taklif etilmoqda.
Fuqarolar restoran va xizmat ko‘rsatish sohasida 3 yillik dual ta’lim hamda to‘liq amaliyotni mamlakatning Bremen shahrida o‘tashadi.
Uch yillik dual ta’limni muvafaqqiyatli tugatgandan so‘ng Germaniyada doimiy ishga ega bo‘lishlari mumkin.
Ish haqi oyiga 900 yevro (soliqlar ushlangandan keyin). Sinov muddati 4 oyni tashkil etadi.
Bundan tashqari, ish vaqti haftasiga 40 soatni (5/2) tashkil etadi. Ijtimoiy himoya hamda sug‘urta taqdim etiladi.
Ariza beruvchilar 18−35 yosh oralig‘ida hamda o‘rta maxsus ta’lim darajasifa ega bo‘lishlari zarur.
Shuningdek, restoran va xizmat ko‘rsatish sohasida bilim olishga intilish, jamoada ishlashga tayyorgarlik bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ariza beruvchilardan nemis tilidan kamida B1 sertifikat talab qilinadi.
Nomzodlar arizalarni havola orqali jo‘natishlari mumkin. Joylar soni cheklangan.
Avvalroq o‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Fuqarolar mehmonxona xizmatchisi sifatida ishlashlari mumkin. Ish haqi oyiga $556ni tashkil etadi.