“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Nukus-Istanbul yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar “Airbus A320 Neo” samolyotlarida haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Birinchi reysning ishga tushirilishi 17-iyunga belgilangan. Parvozlar “Uzbekistan Airways Express” loukoster aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Parvoz jadvali (mahalliy vaqt):
- Nukusdan jo‘nab ketish — 10:35, Istanbulga kelish — 12:55;
- Istanbuldan jo‘nash 14:30, Nukusga yetib kelish 20:15.
Xabar e’lon qilingan vaqtda bagajsiz bir tomonlama chipta narxi $2,46 mln so‘mdan (Markaziy bank kursi bo‘yicha $194,36), qaytish chiptasi esa 2,34 mln so‘mdan ($185,21) boshlanadi.
Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” 29-maydan Toshkent-Batumi yo‘nalishida mavsumiy qatnovlarni yo‘lga qo‘yishi yozgandi.
Gruziya shahriga parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.