Toshkent shahrida o‘tkaziladigan IT bo‘yicha “Terrobyte Hackathon — 2024"ga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda hakaton tashkilotchilari xabar berdi.

Sovrin jamg‘armasi 100 mln so‘mni tashkil etib, Unda O‘zbekistonning barcha hududidan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Hakaton doirasida tashkil etiladigan ikkita Respublika sport dasturlash musobaqasida esa 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar yakka tartibda qatnashish imkoniyatiga ega. Bunda musobaqalar robocontest.uz tizimida olib boriladi.

Musobaqada jamoalar o‘zlarining dasturiy mahsulotlari yoki texnik loyihalarini ishlab chiqib, taqdimot qilishadi. Jamoa ishtirokchilari soni 5 kishidan iborat bo‘lishi mumkin.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin — 15 mln so‘m;
  • 2-o‘rin — 12 mln so‘m;
  • 3-o‘rin — 9 mln so‘m.

Bundan tashqari qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchi jamoalar taqdirlanadi. Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Hakaton doirasida “Yosh dasturchi” Respublika sport dasturlash musobaqasi tashkil etiladi.

  • 1-o‘rin — 8 mln so‘m;
  • 2-o‘rin — 6 mln so‘m;
  • 3-o‘rin — 3 mln so‘m.

Musobaqada ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin (yakka tartibda).

Shuningdek, hakaton doirasida “Dasturchi qizlar” Respublika sport dasturlash musobaqasi tashkil etiladi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin — 8 mln so‘m;
  • 2-o‘rin — 6 mln so‘m;
  • 3-o‘rin — 4 mln so‘m.

Oxirgi ikkita musobaqalar doirasida g‘olib bo‘lgan barcha o‘rin sohiblari Turin talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Bundan tashqari qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha o‘quvchilar taqdirlanadi. Ro‘yxatdan (yakka tartibda) o‘tish bu yerda.

Sport dasturlash musobaqalariga saralash 21-aprel kuni onlayn bo‘lib o‘tadi.

Barcha uchun va qizlar uchun bo‘layotgan musobaqalarning har biridan 20tadan, jami 40 kishi finalda qatnashadi. Final 25-aprel kuni oflayn ravishda bo‘lib o‘tadi

Hakaton joriy yilning 23−25 aprel kunlari Toshkentdagi Turin politexnika universiteti o‘tkaziladi.

Har bir musobaqa bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish havolalari alohida berilgan.


Avvalroq “Coursera” platformasida bepul o‘qish bo‘yicha arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda IT-sohasida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.