“Adobe” kompaniyasi sun’iy intelektga asoslangan vositalarni taqdim etadi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.

Ular yordamida foydalanuvchilar “Premiere Pro"dagi freymda obyektlarni olib tashlashlari yoki qo‘shishlari, shuningdek, kadrni boshqa tafsilotlar bilan kengaytirishlari mumkin.

Sun’iy intellekt vositalari “Adobe Photoshop"dagi kabi prinsip asosida ishlaydi.

Obyektlarni qo‘shish va ramkani kengaytirish uchun zonani tanlash va paydo bo‘lgan oynada ularning tavsifini o‘rnatish kerak.

“Premiere Pro” shuningdek, “OpenAI”, “Pika Labs” yoki “Runway"dan Sora kabi uchinchi tomon generativ modellarini qo‘shishni rejalashtirmoqda. Ular foydalanuvchilarga deyarli noldan qisqa videolar yaratishga yordam beradi.

Kompaniya 2024-yil oxirigacha sun’iy intellekt vositalari va uchinchi tomon modellarini qo‘llab-quvvatlashni qo‘shishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq “Spot” “Adobe” audio yaratish va tahrirlash uchun yangi platformani taqdim etgani haqida yozgandi.

Sun’iy intellekt orqali mavjud treklarni tahrirlash bilan birgalikda matn so‘rovi asosida yangi audio yaratish mumkin.