16-aprel kuni Toshkentning to‘rtta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Bektemir tumani — “Husayn Bayqaro” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha;
- Mirobod tumani — “Oq uy” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha;
- Olmazor tumani — “Ahil”, “Gulzor”, “Moyariq”, “Ibrohim ota” hamda “Miskin” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geofizika” hamda “Jasorat” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
O‘tgan yilning yoz boshida poytaxtda mavsumdagi eng yirik elektr o‘chirilishi sodir bo‘ldi, ya’ni 8-iyun kuni sakkizta tumanda elektr energiyasi uzildi.
Avgust oyi boshida Energetika vazirligi energiya yetkazib berishda yuzaga kelayotgan uzilishlar bo‘yicha munosabat bildirdi. Kuchli issiq harorat elektr energiyasidan fodalanishning karrasiga oshishiga olib kelgan.
Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi. 26-iyulda mamlakat bo‘yicha elektr iste’moli 250,7 mln kVt/soatni tashkil etib, o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 5,8% oshgan.
Sentabrda energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilingandi. 2026-yilga borib, elektr energiyasi talab va taklif asosida shakllanadigan erkin, ulgurji bozor ishga tushadi.