“EastFruit” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda piyozning ulgurji narxlarini monitoring qildi.
O‘tgan haftada ushbu mahsulotning ulgurji narxi 1500 so‘mgacha tushib ketgan, bu 12 AQSh sentiga teng.
Ya’ni, hozir O‘zbekistonda 830 kilogrammdan ortiq piyozni $100ga ulgurji xarid qilish mumkin.
Quyidagi grafikda qayd etilganidek, O‘zbekiston tarixida yilning shu davrida piyozning bunday arzon narxlari bo‘lmagan.
Bir yil avval piyoz narxi hozirgidan 4,4 barobar qimmatroq edi. Yilning ushbu davri uchun odatiy narx taxminan ikki baravar yuqori va 24−26 AQSh sentini tashkil qiladi.
Fevral oyida “EastFruit” O‘zbekistonda piyozning ulgurji narxlarida o‘sish kuzatilayotgani haqida xabar bergandi.
Piyoz narxining oshishiga Yevropa Ittifoqiga mahsulot eksporti hajmining oshishi sabab bo‘lmoqda.