Avvalroq hukumat qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlangandi.
Qaror bilan 2025 yilning 1 aprelidan e’tiboran bosqichma-bosqich o‘zgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda.
Xususan, kelasi yilning aprelidan elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhiga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz — 1 kVt/soat uchun 1 000 so‘mdan yetkazib beriladi.
Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun bir oydagi iste’moldan kelib chiqib, quyidagicha belgilanmoqda:
- oyiga 200 kVt/soatgacha — 300 so‘m;
- oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt·soatgacha — 500 so‘m;
- oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt·soatgacha — 750 so‘m;
- oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt·soatgacha — 875 so‘m;
- oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori — 1 000 so‘mdan.
Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib, quyidagicha belgilanadi:
- oyiga 200 kVt/soatgacha — 600 so‘m;
- oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt·soatgacha — 1 000 so‘m;
- oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt·soatgacha — 1 500 so‘m;
- oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt·soatgacha — 1 750 so‘m;
- oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori — 2 000 so‘mdan.
Iste’molchilarning IV guruhi ham keyingi yilning 1-aprelidan e’tiboran bir kVt/soat elektr energiyasi uchun 1 000 so‘mdan to‘lashadi.
Barcha tabiiy gaz iste’molchilar uchun to‘lov miqdori bir kubometr uchun 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.
AGTKShlar uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 800 so‘mdan to‘lashadi.
Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun iste’mol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlar o‘zgaradi. Ya’ni, kelgusi yilning 1-aprelidan noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi iste’moldan kelib chiqib, quyidagicha belgilanadi:
- oyiga 500 kub metrgacha — 1 000 so‘m;
- oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha — 1 800 so‘m;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha — 2 100 so‘m;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha — 2 500 so‘m;
- oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda bir kub metr uchun 3 000 so‘m.
Mart-oktabr oylaridagi bir oylik iste’mol uchun esa quyidagicha haq to‘lanadi:
- oyiga 100 kub metrgacha — 1 000 so‘m;
- oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha — 1 800 so‘m;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha — 2 100 so‘m;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha — 2 500 so‘m;
- oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so‘mdan.
Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 2 000 so‘m bo‘ladi.
2023-yilning 1-oktabridan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlari oshirildi.