O‘zbekistonliklar Latviyaga payvandchilik bo‘yicha ishlarga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nomzodlar 22−45 yosh oralig‘ida bo‘lishi va rus tilida erkin muloqot qila olishlari kerak. Ingliz tilini biladiganlarga ustunlik beriladi.
Bundan tashqari, MIG, MAG, TIG, TUV, MMA texnologiyasida payvandlash ko‘nikmasi va payvandlash bo‘yicha sertifikat yoki diplomga, soha bo‘yicha kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lish zarur.
Ariza beruvchilardan sudlanmagan, jismonan sog‘lom bo‘lish ham talab etiladi.
Ishchilarga oyiga 1080 yevro (soliqlar ushlangandan keyin) miqdorida ish haqi beriladi. Sinov muddati — 3 oy.
Shuningdek, aeroportdan yashash joyigacha transfer amalga oshiriladi.
Fuqaro hisobidan turar joy, oziq-ovqat, sug‘urta, avia chipta hamda agentlik xarajatlari qoplanadi.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bunda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 16-aprel soat 15:00dan 26-aprel soat 15:00gacha davom etadi.
Shuningdek, O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Ish haqi 900 yevroni tashkil etadi.