Alisher Usmonov Rossiyaning “Forbes” nashri tomonidan 2024-yil uchun rossiyalik milliarderlar reytingida 125 kishi orasida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonovning joriy yildagi boyligi $13,4 mlrd tashkil qilgan. 2023-yili esa milliarderning kapitali $14,4 mlrd baholangan va o‘tgan yilgi reytingda sakkizinchi o‘rinni egallagandi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, reytingda birinchi “Lukoyl” neft kompaniyasining sobiq prezidenti Vagit Alekperov $28,6 mlrd boyligi bilan egalladi.

Ikkinchi o‘rinda “Novatek” boshqaruvi raisi Leonid Mixelson va oilasi $27,4 mlrd, uchinchi o‘rinda esa Milliy sport federatsiyasi boshqaruvi raisi Vladimir Lisin $26,6 mlrd turibdi.

Reytingning oxirgi 125-o‘rinida “Delo” guruhi direktorlar kengashi raisi Sergey Shishkarev turibdi, u $1 mlrd ega.


Avvalroq “Spot” ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Usmonov nomidan yangi feyk tarqalayotgani haqida yozgandi.

Foydalanuvchilarga o‘g‘irlangan pullarni qaytarish uchun milliarderning “dasturidan” foydalanish taklif qilingan.

Kiberxavfsizlik markazi fuqarolarni bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda