“Meta” Hindiston va Afrikada “WhatsApp”, “Instagram” va “Messenger"da sun’iy intellekt chat-botini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Ushbu harakat kompaniyaning sun’iy intellekt takliflarini kengaytirish uchun ko‘plab ilovalarining keng foydalanuvchi bazalarini jalb qilishni rejalashtirayotganidan dalolat beradi.

“Meta”, “OpenAI” kabi yirik texnologiya kompaniyalari bilan raqobatlashish uchun sun’iy intellektga asoslangan ko‘proq xizmatlarni ishlab chiqarish uchun kurashmoqda.

2023-yil fevral oyida kompaniya chat-botlar va boshqa sun’iy intellekt vositalarini yaratish va sinovdan o‘tkazish rejalarini e’lon qildi.

Kompaniya o‘z bayonotida bu ma’lumotni tasdiqladi. “Bizning generativ sun’iy intellekt ilovalarimiz rivojlanishning turli bosqichlarida va biz ularni cheklangan darajada ommaviy sinovdan o‘tkazmoqdamiz”, dedi “Meta” vakili.


Avvalroq “Spot” “Meta” “Messenger” uchun sun’iy intellektga asoslangan chat-botlarni taqdim etgani haqida yozgandi.

Chat-botlar har biri o‘ziga xos xususiyat va ixtisoslikka ega bo‘lib, foydalanuvchi savollariga javob beradi.