“Samsung Group” rahbarlar uchun olti kunlik ish haftasini joriy qilmoqda. Bu haqda “Korea Economic Daily” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, bu harakat 2023-yilda natijalar kutilganidan ham yomonroq bo‘lgani hamda “inqiroz tuyg‘usini yaratish va uni yengib o‘tishda barcha harakatlarni amalga oshirish” uchun amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, “Samsung Display”, “Samsung Electro-Mechanics” va “Samsung SDS” top-menejerlari shu haftada olti kunlik ish haftasiga o‘tadi.

“Samsung C&T”, “Samsung Heavy Industries” va “Samsung E&A” 2024-yil boshidan buyon “haftasiga olti kun ko‘ngillilik qilmoqda”, deb yozadi nashr.

“The Korean Times” gazetasi bozor ishtirokchilariga tayanib, ko‘pchilik ishchilar besh kunlik ish haftasini saqlab qolgan taqdirda ham, bunday harakat xodimlarning ishonchi va mahalliy ma’naviyatiga putur yetkazishini ta’kidlaydi.


Avvalroq “Spot” “Apple” smartfonlar savdosi bo‘yicha yetakchilikni “Samsung"ga boy bergani haqida yozgandi.

Yanvar-mart oylarida “Apple” 50,1 mln iPhone sotgan bo‘lsa, “Samsung"da bu ko‘rsatkich 60,1 mln donani tashkil qilgan.