Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuziv” loyihasini amalga oshirish uchun $50 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi, deya xabar berdi xalqaro tashkilot matbuot xizmati.
Yaqinda Vashingtonda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani va Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiy moliya vazirligi rahbari Jamshid Qo‘chqorov bozor islohotlarini amalga oshirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlariga javob berish bo‘yicha hukumat strategiyasini muhokama qildi.
Xususan, moliyalashtirilgan loyiha raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va IT-xizmatlari sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.
Raqamli inklyuzion tashabbusi doirasida IT Park 30 yoshgacha bo‘lgan qishloq va chekka hududlar aholisi uchun treninglar tashkil etadi, shuningdek, IT-kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha dasturlarni ishga tushiradi.
Bundan tashqari, texnologik kompaniyalarning hududiy ofislarini ochishga undash uchun 11 ta IT-servis markazlari tashkil etiladi, ular ishchi kuchini kengaytirish uchun moddiy rag‘batlantiriladi.
Yana bir yo‘nalish — 9 ming nafar yoshlarni IT-kompaniyalarda ish bilan ta’minlash, jumladan, 4,5 ming nafar ayol va 360 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs, 6,2 ming nafar fuqaroni raqamli ko‘nikmalar, muloqot va chet tillari bo‘yicha o‘qitish.
Loyiha O‘zbekistonning IT-sohasida qonunchilik bazasini ishlab chiqishni ham ko‘zda tutadi.