“Boeing” haydovchisiz uchar taksilarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Rejalar haqida “Nikkei” xabar bermoqda.

Kompaniyaning texnik direktori Todd Citronning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi 2030-yilgacha bunday avtomobillar bozoriga chiqishni rejalashtirgan.

Uning ta’kidlashisha, Osiyoda o‘zi boshqaradigan taksilar yo‘lga qo‘yiladi. Avtomobillar va boshqa transport vositalarining tirbandligi tufayli ushbu hududga e’tibor qaratilgan.

Yangi taksilar avtomobillar muammosini hal qiladi va turli aholi punktlariga borish imkoniyatini yaxshilaydi.

Biroq kompaniya qaysi davlat loyihada birinchi bo‘lishini hozircha aniqlagani yo‘q.

Tashish uchun “Boeing” vertikal uchish va qo‘nish (eVTOL) samolyotlaridan foydalanadi.

Ular “Wisk Aero” sho‘ba korxonasi tomonidan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqaruvchi uchuvchisiz taksilarni o‘zi boshqaradimi yoki buni boshqa tashkilotlarga topshiradimi, hozircha noma’lum.

Ishlab chiqarish Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi, yaqin atrofdagi “Mitsubishi Heavy Industries”, “Kawasaki Heavy Industries” va “Subaru” zavodlari kompaniya uchun asosiy qismlarni ishlab chiqaradi.


Avvalroq “Spot” Dubay 2026-yilda uchar taksi xizmatini ishga tushirishi haqida yozgandi.

Birinchi bosqichda Dubayning to‘rtta joyida uchar taksilar uchun uchish va qo‘nish maydonchalari quriladi.