Amerikaning Gartner konsalting kompaniyasi tahlilchilarining ta’kidlashicha, banklar mijozlar bilan aloqani onlayn tarziga o‘tkazishda va moslashtirilgan takliflarni shakllantirish uchun ko‘proq ma’lumot to‘plashda davom etadilar. Zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda, Fido-Biznes yangi mahsulot — “biznes uchun raqamli bank platformasi”, qisqaroq — “Biznes RBP"ni ishlab chiqdi.

Platforma haqida

“Biznes RBP” banklarning kichik va o‘rta biznes, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ishlashiga mo‘ljallangan. Platformaning afzalliklari:

  • mijozlarga mahsulot va xizmatlarni personallashtirish;
  • tashqi tizimlar bilan integratsiya;
  • funksional imkoniyatlarni kengaytirish va yangi xizmatlarni qo‘shish uchun cheksiz imkoniyatlar.

Platformaning asosiy xususiyati shundaki, u mikroservis arxitekturasiga asoslangan. Bunday infratuzilmaning har bir komponenti boshqa elementlardan mustaqil ravishda yaratilib, ishga tushiriladi hamda u yagona funksiya yoki tarkibiy qismni biznes tizimi ichidagi boshqa elementlardan alohida bajara oladigan mikroservis. Ushbu yondashuv yangi mahsulotlarni bozorga chiqarish hamda sotishga ketgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi, uchinchi tomon xizmatlari bilan integratsiyani soddalashtiradi va platformaning xatolarga bardoshliligi va moslashuvchanligini ta’minlaydi. Agar bank Internet-banking bo‘yicha o‘z xizmatlarini rivojlantirsa, mikroservis arxitekturasi ularni qisqa vaqt ichida “Biznes RBP” bilan birlashtirishga va mijozga muammosiz taqdim etishga imkon beradi.

Bank mijozlari uchun platformaning afzalliklari

“Biznes RBP” internet hamda mobil qurilmalar — smartfonlar, planshetlar, aqlli soatlar va boshqalar orqali korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun bankning IT infratuzilmasida poydevor quyish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, quyidagi afzalliklar ham mavjud:

  1. Tashqi tizimlar bilan integratsiya. “Biznes RBP” bank va tashqi tizimlarni, masalan, mijozlarni masofaviy identifikatsiya qilish xizmatlari bilan birlashtirishga yordam beradi, bu, ayniqsa, internetga ulangan har qanday qulay joydan bank bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan kichik tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun juda muhimdir.
  2. Funksional imkoniyatlarni kengaytirish. Platforma yangi tizimlar, quyi tizimlar yoki alohida modullarni qo‘shish imkoniyatiga ega. Mikroservis arxitekturasi tufayli platforma doimiy ravishda yangi shoxlari o‘sayotgan daraxtga o‘xshaydi.
  3. Kechayu-kunduz uzluksiz operatsiyalar uchun yuqori ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi. Mikroservis arxitekturasi gorizontal masshtabni soddalashtiradi. Xizmatlarning og‘irligi bir nechta servis namunalari orasida taqsimlanadi va bu eng yuqori ish samaradorligi hamda xatolarga chidamlilikni ta’minlaydi.
  4. Monitoring. O‘rnatilgan montoring mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi va uni o‘qishga qulay bo‘lgan panellarda taqdim etadi. Shuningdek, tashqi tahlil va monitoring tizimlarini ulash imkoniyati ham mavjud.
  5. Moslashuvchan interfeys. U korporativ brendbukkamuvofiq tez va oson sozlana oladi. Shu tarzda, har bir bank o‘zining shaxsiy individual interfeysiga ega bo‘ladi.
  6. Mijozlarga yo‘naltirilganlik. Bank korporativ mijozlari uchun personallashtirilgan mahsulotlar hamda xizmatlarini real vaqt rejimiga yaqin bo‘lgan lahzada taklif qilishi mumkin.
  7. Xavfsizlik. Platforma operatsiyalar va mijozlar ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun zamonaviy standartlarni joriy etdi.

Platformaning funksionalligi

“Biznes RBP” korporativ mijozlarning barcha uchta segmentini — yirik va o‘rta biznes, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarni qamrab oladi.

“Biznes RBP” quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • masofadan hisob yoki depozit ochish;
  • hisobdagi mablag‘larni masofadan boshqarish;
  • kredit olish;
  • terminal chiqarishga ariza berish;
  • akkreditiv uchun ariza berish;
  • SWIFT tizimi orqali pul o‘tkazmalariga ariza berish;
  • bank bilan hujjatlarni almashish;
  • xarajatlarni, tranzaksiyalar tarixini tahlil qilish va hisobdagi qoldiqlarni kuzatib borish;
  • ma’lumotnoma olish.

Platforma foydalanuvchilar uchun qulay interfeysga ega. Bu ishni osonlashtiradi va bank bilan muloqot jarayonini soddalashtiradi. Mijozlarga ko‘proq qulaylik yaratish uchun “Biznes RBP"da hisobot konstruktori o‘rnatilgan. Uning yordami bilan foydalanuvchilar o‘z vazifalariga muvofiq moslashtirilgan hisobotlarni yaratishlari mumkin.

Korxonalar uchun raqamli bank platformasi moliyaviy xizmatlarni taqdim etishni yangi bosqichga olib chiqadi. Bu yangi mahsulotlarni bozorga olib chiqish vaqtini keskin qisqartirishga, korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishni personallashtirishga, shuningdek, shaxsiy xizmatlarni va uchinchi tomon dasturlarini ulashga yordam beradi.

Telefon: (+998) 78−150−65−50.
Adres: Yunusobod t-ni, “Qashg‘ar” MFY, M-4 m-si, 12A.

Sayt: fido-biznes.uz
E-mail: info@fido.uz

Reklama huquqlari asosida.