Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.
Poytaxtda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. O‘tgan mart oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida fevral oyiga nisbatan o‘rtacha 0,61%ga, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa o‘rtacha 0,76%ga tushish kuzatildi.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi
Martda ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan fevral oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6%ga pasayib, $391ni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari 1,2%ga arzonlab, o‘rtacha $436gacha tushdi.
Shuningdek, o‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari mos ravishda 0,2% va 0,4% ga pasayib, o‘rtacha narxlar $513 va $591ni tashkil etdi.
O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda taklif etilgan:
- Sergeli: 1 xonali — $354, 2 xonali — $386 ,3 xonali — $435, 4 xonali — $441;
- Olmazor: 1 xonali — $359, 2 xonali — $414, 3 xonali — $454, 4 xonali — $489.
Ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari quyidagi tumanlarda kuzatildi:
- Mirobod: 1 xonali — $463, 2 xonali — $518, 3 xonali — $620, 4 xonali — $819;
- Shayhontohur: 1 xonali — $437, 2 xonali — $456, 3 xonali — $537, 4 xonali — $624.
To‘liq ta’mirlangan uylar ijara narxlari
Mart oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari $472ni tashkil etib, fevralga nisbatan 0,8%ga tushgan bo‘lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda $644 va 1,1%ni tashkil etgan.
Uch xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida ($788) ham biroz (0,3%) tushish kuzatildi. Shuningdek, to‘liq ta’mirlangan 4 xonali uylar o‘rtacha ijara narxlari 0,9%ga tushib, $909gacha pasaygan.
To‘liq ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda qayd etildi:
- Sergeli: 1 xonali — $394, 2 xonali — $449, 3 xonali — $556, 4 xonali — $646;
- Uchtepa: 1 xonali — $396, 2 xonali — $496, 3 xonali — $622, 4 xonali — $646.
Mazkur turkumdagi eng qimmat ijara narxlari esa quyidagi tumanlarga to‘g‘ri keladi:
- Mirobod: 1 xonali — $567, 2 xonali — $844, 3 xonali — $1024, 4 xonali — $1097;
- Shayxontohur: 1 xonali — 556$, 2 xonali — $845, 3 xonali — $1050, 4 xonali — $1024.
Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlili ko‘chmas mulk bozori fevral oyidagi faol o‘sishdan so‘ng, mart oyida sezilarli pasayganini qayd etgandi.