O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.
Xususan, bosh konsulxona fuqarolarni Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan, jumladan quyidagilar bo‘yicha ogohlantirdi:
- onlayn savdo orqari bergan buyurtmani bekor qilgandan keyin o‘zini advokat deb sud, kargo xarajatlarini undirish;
- telefon orqali o‘zini politsiya yoki maxsus kuchlar hodimi sifatida tanishtirib, sizning hisobingizdan xorijdagi jinoiy yoki terrorchi guruhlarga to‘lov amalga oshirilganligini aytib, asl jinoyatchini ushlash maqsadida yangi bir hisob raqamiga pul o‘tkazish.
“Bunday firibgarlar o‘zingizdan ma’lumotlarni olib o‘zingizga qarshi ishlatishi, firibgarlik va ishontirishda psixologik vositalardan foydalanishi yuzasidan harakat qilayotganligi ma’lum bo‘lmoqda”, deyiladi xabarda.
Fuqarolardan onlayn ravishda berilgan buyurtmani bekor qilishda belgilangan tartibda (iade) qaytarish, telefon orqali o‘zini politsiya, sud, maxsus kuch xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ma’lumot bermaslik, o‘rnatilgan tartibda chaqirishlarini talab etishlarini tavsiya qilmoqda.
Aprel oyi boshida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan qabul qilingan qaror bilan Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi. 20-apreldan Tojikiston ham Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi.