“Meta” korporatsiyasi “WhatsApp” messenjeriga yangi funksiya qo‘shdi, deya xabar bermoqda “Kommersat” nashri.
Buning yordamida foydalanuvchilar real vaqt rejimida neyron tarmoqlardan foydalangan holda tasvirlarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu xususiyat hozirda test rejimida faqat AQSH foydalanuvchilari uchun mavjud.
Yangi funksiya real vaqt rejimida ishlaydi va foydalanuvchi darhol aniqlangan tafsilotlarga muvofiq tasvirning o‘zgarishini ko‘radi.
Kompaniya tomonidan berilgan misolda foydalanuvchi “Marsda futbol o‘yinini tasavvur qiling” so‘rovini tuzadi va sun’iy intellekt avval oddiy futbol o‘yinini namoyish etadi, so‘ngra harakatni Marsga o‘tkazadi.
Hozircha so‘rovlar faqat ingliz tilida amalga oshirilishi mumkin, buning uchun tasavvur qilish (imagine) so‘zidan boshlash kerak.
“WhatsApp"ning beta-versiyasi bilan yangi funksiyadan foydalanish mumkin.
Avvalroq “Spot” “WhatsApp” ovozli xabarlarni matnga aylantirishni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.
Funksiyani ishga tushirish uchun foydalanuvchilar ovozli xabarlarni matnga aylantirish imkonini beruvchi nutqni aniqlash modulini yuklab olishlari kerak.