Germaniyaning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Knauf” kompaniyasi o‘zining Rossiya biznesini mahalliy boshqaruvga o‘tkazishini e’lon qildi. Bu haqda “TACC” xabar berdi.

“Hozirgi voqealardan kelib chiqqan holda, „Knauf“ guruhi 30 yildan ortiq faoliyat yuritganidan so‘ng Rossiyadagi biznesini tark etishga qaror qildi”, — deyiladi kompaniya press-relizida.

“Knauf” kelajakda 4000 dan ortiq xodim ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun Rossiya biznesini mahalliy boshqaruvga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Shartnoma Rossiya hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak. Pree-relizda boshqa tafsilotlar yo‘q.

“Knauf” 1970-yillardan beri “SSSR"ning ayrim olimlari va institutlari bilan ilmiy tajriba almashib keladi, deyiladi kompaniya saytida.

1993-yilda u Krasnogorskdagi issiqlik izolyatsiyasi va gips mahsulotlari zavodida ulushlarni sotib oldi.

Saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Rossiyada quruq qurilish aralashmalari, metall profillar, gipsokartonlar, mineral jun izolyatsiyasi va boshqalarni ishlab chiqaradigan jami 20 ta korxonaga ega. Astraxan viloyatida korxona Baskunchak gips koni negizida ishlab chiqarishga ega.


Avvalroq “Spot” “Siemens” Rossiyadagi biznesini yopishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Yopilishga Rossiyaga tovarlarni olib kirish bilan bog‘liq normal faoliyatini davom ettira olmaslik sabab qilib ko‘rsatilgan.