Biznes jarayonlari tobora avtomatlashtirilgan dunyoda korxonalarni hisobga olish uchun samarali vositalarga ega bo‘lish muhimdir. Raqamlashtirish tadbirkorga quyidagi yordamlarni beradi:

  • o‘z biznesining aniq raqamlarini ko‘rib, ular asosida to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga;
  • barcha jarayonlarni — sotib olish, sotish, omborxona va hatto xodimlarni nazorat qilishga;
  • tez va xatosiz ishlashga: narxlarni markazlashtirilgan ravishda o‘zgartirish, inventarizatsiyani tezlashtirish va tovarlarni qabul qilishni soddalashtirish.

Multikassa yechimlari (virtual kassa va onlayn-kassa mashina) va “Moy sklad” tovar hisobi tizimining integratsiyasi tadbirkorga xatosiz, jarimalarsiz va eng muhimi — yagona tizimda ishlashga yordam beradi.

Multikassa — bu virtual kassa apparatlari va onlayn kassa mashinalarining davlat registrlarida ro‘yhatdan o‘tgan va fiskal operatsiyalarni hisobga olish uchun keng qamrovli vositalarni taqdim etadigan zamonaviy kassa yechimlari. Multikassa naqd pul fiskal maʼlumotlarini bir zumda davlat soliq organlariga o‘tkazish imkoniyatiga ega naqd pul echimlarini (virtual kassa va onlayn-NKM) taklif etadi.

Quyidagi operatsiyalar qo‘llab-quvvatlanadi:

  • tovarlarni sotish;
  • tovarlarni qaytarish;
  • oldindan tekshirish;
  • kredit tekshiruvi;
  • smenani ochish va yopish (Z-hisobot);
  • savdo nuqtalari, har bir kassa va kassir bo‘yicha aylanmalarni yuritish.

Multikassa kassa qarorlari Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori talablariga javob beradi (VMQ № 943 23 noyabr 2019-yil).

“Moy sklad” — kichik va o‘rta biznes uchun savdo va ishlab chiqarishni boshqarishning bulutli hizmati. “Moy sklad” xizmatlarining asosiy hususiyatlari:

  • savdo nuqtasini avtomatlashtirish — tovarlar va narxlarni boshqarish, xaridlarni rejalashtirish va qoldiqlarni nazorat qilish, inventarizatsiya. O‘lchamlar, ranglar, paketlar, seriya raqamlari, vazn mahsulotlari bilan ishlash. Hujjatlarni, yorliqlarni, narx belgilarini chop etish, elektron hujjat aylanishi bilan integratsiya;
  • sotishni ko‘paytirish vositalari — sodiqlik dasturi, aksiyalar, bonus tizimlari. Xaridlar tarixini ko‘rish va maxsus takliflarni yaratish kobiliyatiga ega barcha mijozlarning maʼlumotlar bazasi. Messenjerlar yoki pochta orqali xabarlar jo‘natish;
  • tahlil — har bir maxsulot yoki kanali bo‘yicha daromadlar, harajatlar, foyda;
  • moliyaviy menejment — mijozlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish, har qanday bankdan ko‘chirmalar olish va boshqalar;
  • biznesni kengaytirish — marketpleys, onlayn-do‘kon yoki yangi savdo nuqtasini uzluksiz ulash, shuningdek, bitta oynadan savdo kanallarini boshqarish.

“Moy sklad” xizmatidan foydalanib, tovar pozitsiyalarini, zaxiralarni, pul operatsiyalarini qayd etish mumkin. Bundan tashqari, tizim marketpleysda sotishga, to‘lovlarni banklar bilan sinxronlashtirishga, menejerlarning ishini nazorat qilishga va do‘konlarning ochilishi va yopilishiga yordam beradi. Shu bilan birga, mobil telefonda dastur yordamida xizmatda operatsiyalarni amalga oshirish mumkin.

Amalga oshirilgan integratsiya tufayli Multikassa kassa yechimlari fiskal operatsiyalarni amalga oshirish uchun kassirning asosiy vositalaridan biriga aylanadi (smenani ochish va yopish, sotish hamda qaytarish uchun chek). Ikki tizimning ishlashi avtomatik ravishda “Moy sklad” tizimidan Multikassa kassa yechimiga nomenklaturani yuklab olishga imkon beradi. Kassir Multikassa‘da operatsiyalarni amalga oshiradi va shu bilan birga barcha sotuvlar avtomatik ravishda qayd etiladi va “Moy sklad"ga qaytariladi. Shuningdek, yangi nomenklaturani ro‘yxatdan o‘tkazish, narxlarning o‘zgarishi va “Moy sklad” tizimiga kiritilgan tovarlar miqdori Multikassa bilan sinxronlashtiriladi. Bu savdo nuqtalariga eskirgan narxlarda sotmaslik, balki kassirlarga tovarlarning haqiqiy qoldiqlarini ko‘rish imkonini beradi.

“Moy sklad” xizmatida nomenklatura virtual kassa va onlayn-kassa mashina bilan avtomatik sinxronlashtiriladi. Har 30 daqiqada maʼlumotlar yangilanadi, lekin uni integratsiya moduli sozlamalarida qo‘lda ishga tushirish ham mumkin. Sinxronizatsiya elementlari:

  • tovarlar/xizmatlar;
  • fotosuratlar;
  • narxlar;
  • omborlar;
  • kassirlar;
  • savdo nuqtalari.

Multikassa va “Moy sklad” kabi tizimlarning integratsiyasi biznesni rivojlantirishning asosiy muammolarini hal qilishdir — “Moy sklad” yordamida avtomatlashtirilgan tovar hisobi taʼminlanadi va Multikassa kassa yechimlari O‘zbekiston Mazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat- kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining bajarilishini taʼminlaydi (VMQ № 943 23 noyabr 2019-yil).

Integratsiya haqida batafsil maʼlumotlarni havola orqali olish mumkin.

Multikassa telefoni: (+998) 78−113−77−08.

Kassa yechimlari Multikassa‘ning sayti: multikassa.uz
Telegram: t.me/multicassauzbot.

“Moy Sklad” tizimining sayti: moysklad.uz
Telegram: t.me/moysklad_uzb

Reklama huquqlari asosida.