Ma’lumot yangilandi: Shartnoma ochilganidan 50 daqiqa o‘tgach kontraktatsiya yakunlandi. Shu vaqt ichida 24 ming dona “Damas” uchun shartnoma tuzilgan.


“UzAuto Motors” kompaniyasi “Damas” uchun kontraktatsiyani ochdi.

Mazkur model uchun shartnomalar, avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan hajmlar uchun qayta taqdim etiladi.

“Damas” avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

“Telegram-bot” hamda “UzAvtosavdo” ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.


Mart oyida kompaniya o‘tgan yilning dekabrida amalga oshirilgan shartnoma tuzish paytida kechiktirilgan to‘lovlar hisobiga qo‘shimcha avtomobillar sotuvga chiqarilishini ma’lum qildi. Kontraktatsiya vaqti keyinroq e’lon qilinishi ta’kidlandi.

Undan keyin, 29-mart kuni “Labo” uchun kontraktatsiyani ochdi. Shu kunning o‘zida belgilangan 18 ming dona “Labo” uchun shartnomalar tuzildi.

“UzAuto Motors” kompaniyasi “Cobalt”, “Damas” hamda “Labo” avtomobillari narxlarini oshirishi hamda sotuv bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishini ma’lum qilgandi.

Tizim dilerliklarga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, dilerliklarga avtomobil uchun tavsiya etilgan chakana qiymat belgilanadi.

Qo‘shimcha hajm 2024-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilib, “Damas”, “Labo” va “Cobalt” narxi 3,5%dan 6,7%gacha oraliqda qayta ko‘rib chiqiladi.