“Wildberries” xorijdan xarid qilishning yangi jarayonini sinovdan o‘tkazmoqda, bunda xaridorlar Davlat xizmatlari portali orqali tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Bu haqda “TACC” nashri xabar berdi.

“Endi Xitoy va O‘zbekistondan buyurtma berganda xaridor davlat xizmatlari portali orqali tekshiruvdan o‘tishi kerak bo‘ladi, bu xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini Federal bojxona xizmatiga o‘tkazish uchun zarur”, — deyiladi xabarda.

Matbuot xizmati ta’kidlaganidek, endilikda YeOII mamlakatlarini o‘z ichiga olgan bojxona ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlardan tovarlarga buyurtma berishda davlat xizmatlari portali orqali tekshirish talab qilinadi va agar tovarlar 200 yevrodan qimmatroq bo‘lsa, foydalanuvchi ushbu miqdor bo‘yicha boj to‘lashi kerak bo‘ladi.

“Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini Federal bojxona xizmatiga o‘tkazish talabi, agar tovarlar YeOII hududidan tashqarida sotib olinsa, jismoniy shaxslar uchun har qanday buyurtma berishda qo‘llaniladi”, deya qo‘shimcha qildi kompaniya matbuot xizmati.


Avvalroq “Spot” “Wildberries” O‘zbekistonda bank ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Kompaniya Rossiyada faoliyat yurituvchi barcha moliyaviy xizmatlarni mamlakatda yo‘lga qo‘yish niyatida.