Avvalroq “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti o‘zgartirish kiritgandi.
Xususan, xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 1 soat qolganda tugatiladi. Oldin bu 40 daqiqani tashkil etgandi.
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Toshkent aeroportiga uchuvchi aviakompaniyalarning ro‘yxatdan o‘tkazish muddati haqida eslatma e’lon qildi.
Xalqaro reyslarga ro‘yxatdan o‘tish belgilangan jo‘nash vaqtidan 3 soat oldin boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tishni tugatish vaqti har bir aviakompaniyaning o‘zi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish reysning belgilangan jo‘nash vaqtidan 40−60 daqiqa oldin tugaydi. Tashuvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish muddatlari quyida keltirilgan:
Vaqt | Kompaniyalar | |
1 soat | Air Arabia | Air Astana |
China Southern | FlyDubai | |
IndiGo | Turkish Airlines | |
WizzAir | ||
40 daqiqa | Azimut | Aeroflot |
Air Cairo | Asiana Airlines | |
Azal | Batik Air | |
Belavia | Centrum Air | |
Fly Arystan | Fly Egypt | |
FlyNas | Jazeera Airlines | |
Kam Air | LoongAir | |
LOT Polish Airlines | Nile Air | |
Panorama Airways | Pobeda | |
Qanot Sharq | Qeshm Fars Air | |
Red Wings | Rossiya | |
S7 | Somon Air | |
Ural Air | UTair | |
Zagros Airlines |
Ba’zi aviakompaniyalar tomonidan yo‘lovchilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Bular haqida batafsil ma’lumotni aviatashuvchilar saytidan olish mumkin.
Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida yangi kargo terminalini qurish rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi. Natijada yuklarga sifatli xizmat ko‘rsatish quvvati 300 tonnaga yetadi.