E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi oflayn va onlayn omonatlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

Hozirda mavjud 35ta bankdan 26tasida milliy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular olti oydan uch yilgacha saqlanadi.

Bankning mobil ilovasi orqali omonat ochishda foiz stavkasi 1−2% yuqori bo‘ladi. Ba’zi banklar onlayn va oflayn depozitlar uchun bir xil stavkalarga ega.

Maqola chop etilgan vaqtda onlayn omonatlarning eng yuqori stavkasini (27,09%) “Davrbank” 24 oyga, (27%) “TBC Bank” 13 oyga, (26%) “Kapitalbank” 25 oyga, “Davrbank” 13 oyga, “Ziraat Bank Uzbekistan” 24 oyga joylashtirish bilan taklif qilmoqda.

Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda onlayn depozit qo‘yishning minimal miqdori 500 ming, oflaynda esa 1 mln so‘mni tashkil qiladi.

Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

Bank nomiFoiz stavkasi
Minimal summa
Muddati (oy)
Rasmiylashtirish
To‘ldirish/qisman yechib olish
Davrbank*
27,09%100 ming so‘m
24onlay/oflayn+/-
26%1 mln so‘m
13
TBC Bank
27%
100 ming so‘m
24onlayn-/-
26,5%18
26%
13
25%24
Kapitalbank
26%
1 mln so‘m
25
onlayn/oflayn
-/-
25%35+/-
Ziraat Bank Uzbekistan*
26%
3 mln so‘m
24
oflayn
+/-
Anorbank
25%
1 mln so‘m
24
onlayn
+/+
Garant Bank*
25%
1 mln so‘m
18
oflayn
+/-
Universalbank*
25%100 ming so‘m
18onlayn/oflayn+/-
Mikrokreditbank
25%100 ming so‘m
12−24onlyan/oflayn+/-
Ipak yo‘li banki
25%1 mln so‘m
24onlayn-/-
Asia Alliance Bank
25%-24%
1 mln so‘m
12−25
onlayn
+/-
Hamkorbank
23%
1 mln so‘m
24
oflayn
+/-
Asakabank
24%
100 ming so‘m
24
onlayn
+/-
22%
oflayn
Turonbank
23,5%
100 ming so‘m
18
onlayn
+/+
22%
1 mln so‘m
oflayn
+/-
Tenge Bank
23%
100 mln so‘m
13
onlayn/oflayn
+/+
Trastbank
23%
500 ming so‘m
24
onlayn/oflayn
+/+
Aloqabank
23%
100 ming so‘m
24
onlayn
+/+
22%
1 mln so‘m
12
oflayn
+/-
Agrobank
23%
500 ming so‘m
13
onlayn
-/-
22%
oflayn
Poytaxtbank
23%1 mln so‘m13oflayn-/-
O‘zsanoatqurilishbank
23%500 ming so‘m
24onlayn-/-
22%oflayn
Octobank
23%
500 ming so‘m
36
onlayn
-/-
22%
Xalq banki
23%
100 ming so‘m
24
onlayn
+/-
InfinBank
22%
1 mln so‘m
18
onlayn/oflayn
+/+
O‘zmilliybank
22%
500 ming so‘m
6
onlayn
+/-
21%
oflayn
Ipotekabank**
22%
100 ming so‘m
24
onlayn
+/-
20%
500 ming so‘m
12
oflayn
-/-
Biznesni rivojlantirish banki
21%
1 mln so‘m
6
onlayn
-/-
7
oflayn
+/-
Orient Finans Bank
20%
1 mln so‘m
13
onlayn
-/-
19%
oflayn

*Birinchi olti oy davomida omonatni to‘ldirish imkoniyati mavjud.
**Oflayn rejimda uch oygacha qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin.