Niderlandiya kompaniyasi bilan O‘zbekistonda venchur fond yaratilishi mumkin. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
“IT Park Uzbekistan"da “DOMiNO Ventures” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekistonlik startaplar uchun yangi istiqbollarni ochadigan mahalliy loyihalarga sarmoya kiritish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida investitsiya strategiyalari va Jamg‘arma fondini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bu uzoq muddatli istiqbolda mahalliy va xalqaro investorlar o‘rtasida chuqur integratsiyalashuv uchun sharoit yaratishi va shu orqali mamlakatda venchur faollik kuchaytirilishi kutilmoqda.
Yil boshida “DOMiNO Ventures” kompaniyasi bilan anglashuv memorandumini imzolanib, uning doirasida tomonlar O‘zbekistonning innovatsion ekotizimini o‘rganishi belgilangandi.
Jamg‘arma 2024-yilda 5ta texnologik startapga sarmoya kiritish va ularni faol qo‘llab-quvvatlash, xalqaro bozorlarga chiqishga yordam berishni rejalashtirmoqda.
“DOMiNO Ventures” fondi dunyoning 8 mamlakatida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning operatsion jamoasi Istanbulda joylashgan bo‘lib, 50dan ortiq global va mahalliy hamkorlariga ega.
Avvalroq Janubiy Koreyaning “WiseStone” kompaniyasi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.