O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi Qozog‘istonga ishlash maqsadida kelayotgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonga vaqtinchalik ishlash uchun kelgan yoki ishlayotgan fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun pul va fuqarolik pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.
O‘zbekiston elchixonasi bunday firibgarlar gapiga ishonmaslikni va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni begonalarga bermaslikni so‘ramoqda.
Ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomalarni olish maqsadida fuqaroning shaxsan o‘zi Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) murojaat qilishlari zarur.
Firibgarlar tomonidan o‘zini “diplomatik vakolatxona xodimi” sifatida tanishtirish holatlari kuzatilsa, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilish mumkin.
Diplomatik vakolatxonalar manzillari va telefon raqamlari:
- Ostona shahrida — +8(7172) 95−45−87;
- Olmaota shahrida — +8(727) 390−26−16;
- Aqtau shahrid +8(729) 277−71−17).
Shuningdek, Qozog‘iston Bosh prokuraturasi (115) hamda Qozog‘iston politsiyasining (102) qisqa raqamlari orqali ham murojaatlar qabul qilinadi.
Avvalroq Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ham ogohlantirilgandi. Bosh konsulxona fuqarolarni mamlakat hududida tarqalayotgan firibgarlikning yangi turlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.