“WABetaInfo” portali mutaxassislari “WhatsApp"ning beta-versiyasida messenjerning ko‘plab foydalanuvchilari uchun foydali bo‘ladigan ikkita yangilikni aniqlashdi.

Qayd etilishicha, ulardan biri maxfiylikka, ikkinchisi muloqot qulayligiga qaratilgan.

Birinchi variant — “Qo‘ng‘iroqlar” bo‘limida o‘rnatilgan teruvchi. Foydalanuvchi bir yoki bir nechta qo‘ng‘iroqlar uchun manzillar kitobiga qo‘shimcha kontakt qo‘shmasdan turib, audio yoki video orqali qo‘ng‘iroq qilishni rejalashtirayotgan kontaktning telefon raqamini qo‘lda terishi mumkin bo‘ladi.

Ikkinchi variant “Yashirin guruhlar” deb ataladi. Bu faqat administrator tomonidan shaxsan taklif qilinganlarga hamjamiyat guruhlariga qo‘shilish imkonini beruvchi sozlama. Guruhni faqat administratorlar topib, jamoadan olib tashlashi mumkin.

whatsapp, yangi funksiya

Hozirda ikkala funksiya ham Android mobil versiyasi uchun sinov bosqichida. Innovatsiyalar qachon ommaga taqdim etilishi hozircha noma’lum.

Avvalroq “WhatsApp"da fayllarni oflayn almashish funksiyasi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Bu funksiya yordamida foydalanuvchilar internetga ulanmasdan ham messenjer orqali fayllar, suratlar va videolarni o‘tkazishlari mumkin.


“Spot” avvalroq “WhatsApp” real vaqt rejimida tasvir yaratish funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.

Funksiya yordamida foydalanuvchilar real vaqt rejimida neyron tarmoqlardan foydalangan holda tasvirlarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.