15-maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalar narxlariga yangi tarif belgilandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, narxlar ekonom klass — 20%, biznes klass — 30% va VIP klass — 40%ga oshitilmoqda.
Qayd etilishicha, narxlar temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida oshirilmoqda.
“Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalariga belgilangan yangi narxlar quyidagicha:
Toshkent-Buxoro-Toshkent:
- VIP — 890 000 so‘m;
- Biznes — 600 000 so‘m;
- Ekonom — 403 000 so‘m.
Toshkent-Qarshi-Toshkent:
- VIP — 747 000 so‘m;
- Biznes — 507 000 so‘m;
- Ekonom — 338 000 so‘m.
Toshkent-Samarqand-Toshkent:
- VIP — 554 000 so‘m;
- Biznes — 358 000 so‘m;
- Ekonom — 244 000 so‘m.
2023-yil 1-noyabrda “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari 60%dan yuqoriroqqa oshirilgandi.
Keyinchalik “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2024-yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi chiptalari narxini oshirish masalasini ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, indeksatsiyaga bozor omillari, energiya narxining oshishi va Shveysariya franki ta’sir ko‘rsatadi.