Joriy yilning birinchi choragida Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi kamaygan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 25-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Pul o‘tkazmalaridagi tarkibiy o‘zgarishlar birinchi chorakda ham davom etib, an’anaviy davlatlar ulushi biroz qisqarmoqda. Uzoq mintaqalardan keladigan o‘tkazmalari ulushida o‘sish kuzatyapmiz”, — dedi regulyator raisi.
Xususan, yanvar-mart oylarida xorijdan O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $2,5 mlrdni tashkil etgan. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6%ga o‘sgan.
Bunda Qozog‘iston va Rossiya ulushi 84%gacha tushgan. Jumladan, Rossiyadan pul o‘tkazmalari 68%ga pasaygan.
Markaziy bankning yil boshida taqdim etgan mehnat bozori haqidagi hisobotida qayd etilishicha, o‘tgan yili Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi deyarli ikki barobarga kamaygan.
Regulyator 2024-yilda transchegaraviy o‘tkazmalar hajmi 10−12%ga — $12−12,5 mlrdgacha oshishini prognoz qilmoqda.
2023-yilda O‘zbekiston Qozog‘istondan transchegaraviy pul o‘tkazmalarining asosiy oluvchisiga aylandi.