“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” yo‘lovchi vagonlarning ichki va tashqi dizayn ko‘rinishini ishlab chiqish bo‘yicha tanlovga arizalar qabul qilmoqda.
Unda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan dizaynerlar yakka yoki guruh asosida ishtirok etishlari mumkin.
Dizayn milliylikni aks ettirishi, iqlimiy mavsumiy sharoitlar (ultrabinafsha nurlanish, qum bo‘ronlari, ekstremal kontinental iqlim) hisobga olinishi, texnik shart talablariga mos kelishi kerak.
Tanlov shartlariga mos bo‘lmagan yosh kategoriyasi bo‘yicha ishtirok etish taqiqlanadi.
Shuningdek, nominatsiya tavsifiga to‘g‘ri kelmagan dizayn loyihasini topshirish hamda plagiatga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
Eng yaxshi loyiha 25 mln so‘m miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlov g‘olibi dizayn ko‘rinishi bo‘yicha mualliflik huquqini korxonaga berishi talab etiladi.
Ishtirokchilardan dizayn ko‘rinishlari joriy yilning 25-mayigacha rempassvagon@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. G‘olib 28-maygacha aniqlanadi.
Batafsil ma’lumotlarni +998 71 237 85 91 raqami orqali olish mumkin.
Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” “Hyundai Rotem” tezyurar poyezdi dizayn loyihasi bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi. Mukofot puli 100 mln so‘m bo‘lgan tanlovga arizalarni 12-maygacha jo‘natish mumkin.