Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirishga yordam beradi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
“IT Park"ning Xizmatlar eksportini rivojlantirish departamenti direktori Maxliyo Muksinova boshchiligidagi delegatsiyaning Koreyaga tashrifi doirasida “D.Camp” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tomonlar IT texnologiyalarini rivojlantirish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashdi. Kelishuv Koreya IT-kompaniyalari ofislarini ochish va IT xizmatlarini autsorsingga jalb etishni nazarda tutadi.
Hujjat bilan, tomonlar startap ekotizimini rivojlantirish va startap-loyihalarning mahalliy va xalqaro bozorlarga chiqishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, akseleratsiya va venchur moliyalashtirish sohasidagi qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.
Shuningdek, IT-kompaniyalar va iqtidorli mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratilib, O‘zbekistondagi imtiyozli dasturlar va preferensiyalardan xabardorlik oshiriladi.
Janubiy Koreyaning “WiseStone” kompaniyasi O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda. Mart oyida 37ta yangi eksport kompaniyasi “IT Park” rezidenti bo‘ldi.