E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
“Spot” O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Mavzuga doir: so‘mdagi eng daromadli omonatlar bilan bu yerda tanishish mumkin.
Hozirda mavjud 35ta bankdan 26tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular olti oydan uch yilgacha saqlanadi.
Depozitlarni oflayn tarzda ham, onlayn ham ochish mumkin. Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda oflayn depozit qo‘yishning minimal miqdori $10, onlaynda esa $500ni tashkil qiladi.
Maqola chop etilgan vaqtda mazkur valyutadagi omonatlarning eng yuqori stavkasi (9%) — “Mikrokreditbank” tomonidan 24 oyga, undan keyin esa (8%) “Кapitalbank”, “Anorbank” va “Garant Bank”da taklif etilmoqda. “Davrbank”, “Infinbank” va “Asakabank” esa 7,5%lik omonat turini taklif qiladi.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.
Bank nomi | Stavka | Minimal summa | Muddati (oy) | Rasmiylashtirish | To‘ldirish/qisman yechib olish |
Mikrokreditbank | 9% | $100 | 24 | oflayn | +/- |
Kapitalbank | 8% | $100 | 25 | oflayn | -/- |
Anorbank | 8% | $1000 | 24 | onlayn | -/- |
Garant bank* | 8% | $500 | 13 | офлайн | +/- |
Davrbank | 7,5% | $100 | 25 | oflayn | +/+ |
InfinBank* | 7,5% | $1000 | 24 | onlayn/oflayn | +/+ |
Asakabank | 7,5% | $50 | 24 | onlan/oflayn | +/- |
Ziraat Bank Uzbekistan* | 7,25% | $500 | 24 | oflayn | +/- |
Turonbank | 7,2% | cheklanmagan | 18 | onlayn | +/- |
Orient Finans Bank | 7% | $1 000 000 | 36 | oflayn | -/+ |
Trastbank | 7% | $1000 | 24 | oflayn | |
O‘zsanoatqurilishbank | 7% | $500 | 18 | onlayn/oflayn | -/- |
Agrobank | 7% | $100 | 24 | onlayn/oflayn | -/- |
6,5% | 13 | ||||
Aloqabank | 6,5% | $100 | 24 | onlayn/oflayn | +/+ |
Universalbank | 6,5% | $500 | 15 | oflayn | -/- |
TBC Bank | 6,5% | $100 | 24 | onlayn | +/- |
Hamkorbank | 6% | $100 | 13 | onlayn | +/+ |
5,5% | $500 | 18 | oflayn | +/- | |
Ipotekabank** | 6% | cheklanmagan | 13 | oflayn | -/- |
Ipak yo‘li banki | 6% | $1000 | 24 | oflayn | +/- |
Octobank | 6% | $200 | 36 | onlayn | -/- |
5,5% | |||||
Asia Alliance Bank | 5% | $100 | 18 | onlayn | -/- |
Madad Invest Bank | 5% | $100 | 12 | oflayn | +/- |
O‘zmilliybank | 5% | - | 27 | onlayn/oflayn | +/- |
Biznesni rivojlantirish banki | 5% | $100 | 13 | oflayn | -/- |
Xalq banki | 4,5% | $10 | 18 | oflayn | +/- |
Poytaxtbank | 3% | $100 | 25 | oflayn | -/- |
*omonat kiritilgan sanadan boshlab 6/7/12 oy davomida qo‘shimcha badal kiritish mumkin.
**3 oygacha qo‘shimcha miqdorni kiritish mumkin.