Fransiyaning “Aksens” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz"ga Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishda yordam beradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
2025-yilgacha “Fast-tack” rejimida parallel loyihalash va qurish bilan mos ravishda 60% va 40% hajmda AI-92 va AI-95 yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Yillik 1 mln tonna benzin ishlab chiqarish Yevro-5 sinfiga to‘g‘ri keladi, bu esa Yevro-2 sinfidagi AI-80 benzinini ishlab chiqarishdan voz kechishga imkon beradi.
“Aksens” yiliga 360 ming tonna quvvatga ega naftani gidrotozalash yangi qurilmasi, yiliga 380 ming tonna quvvatga ega izomerizatsiya qurilmasi va 60 ming tonna quvvatga ega piroliz distillyatini selektiv gidrogenlash qurilmasini loyihalashtiradi.
Fransuz kompaniyasi bilan Axens texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha litsenziya shartnomasi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Xususan, kadrlar tayyorlash va litsenziar uchun loyiha hujjatlari paketini ishlab chiqish besh oydan ko‘proq vaqtni oladi.
Yanvar oyida Shavkat Mirziyoyev 2025-yildan AI-80 benzinidan voz kechishni topshirdi. Toshkentda Yevro-4dan past standartdagi yoqilg‘idan foydalanishning salbiy ta’sirini kamaytirish rejalashtirilgan.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish uchun “China National Petroleum Corporation” jalb etilib, zavod ikki yil davomida yaxshilanadi.