“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab beruvchi “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.
Bu safargi materialda “OSON” to‘lov tizimi asoschisi va rahbari Farhod Mahmudov bilan suhbatlashdik.
U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.
Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:
Menga eng katta yordam beruvchi va ish jarayonimni tezlashtiruvchi hamda qulaylik beradigan — bu meni planshetim.
Uni uchrashuvlarda yondaftar qilib ham ishlatsa bo‘ladi va ish jarayonida boshqarish qulay. Shuning uchun planshetimni har doim o‘zim bilan olib yuraman. Ish stolimdagi eng asosiy qurolim hisoblanadi.
Shuningdek, ish stolim ustida turadigan narsalardan biri hamkorlarimning, ish yuzasidan kerakli bo‘lgan odamlarning tashrif qog‘ozi yig‘ilgan kitob turadi.
Ancha oldin gaplashgan odamlar bilan qayta bog‘lanish uchu shu tashrif qog‘ozlarni bir joyga yig‘ganman. Kerakli paytda topish oson bo‘ladi.
Ruchka — bu har bir rahbarning stoli ustidagi muhim narsa hisoblanadi. Kun davomida hujjatlarni imzolashga, kerakli yoki xato joylarini belgilab ko‘rsatish uchun ruchka kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunda ish tolim ustida eng ko‘p turadigan kitob Muhammad bin Rashid Al Maktumning “The Sheikh CEO — Lessons in Leadership” kitobi hisoblanadi.
Boshqaruvchi sifatida jamoani boshqarish va u qo‘ygan maqsadlariga ishontira bilish haqida juda chiroyli maslahatlar berilgan. Shu sababli kitobni o‘zimga kerakli ma’lumotlarni olish uchun o‘qib turaman.
Ryukzagim haqida aytadigan bo‘lsam, u ham kerakli ish qurollarimdan biri hisoblanadi. Ichida ko‘p narsa bo‘lmaydi, lekin biznesim uchun kerakli bo‘lgan narsalar shu ryukzagimda turadi.
Uni ichida turadigan asosiy narsalarimdan biri, aytganimdek planshetim. U meni ham ko‘zim, ham qo‘lim va oyog‘im. Planshetimsiz ish to‘xtab qoladi.
Tashrif qog‘ozlarimni o‘zim bilan olib yuraman. Chunki biznes uchrashuvlarda usiz yurish noqulay bo‘ladi.
Eng kerakli narsalarimdan yana biri — bu “powerbank”. Safar paytida hammada bo‘ladigan muammo telefoningizni quvvati tugab qoladi. O‘sha paytda “powerbank” xuddi “aptechka"day yordam beradi.
Ryukzagimni ichida yana bir kichkina sumkacha olib yuraman. Uni ichida men uchun “tezkor” kerak bo‘lgan narsalar bo‘ladi. Unda plastik kartalar va ozgina naqd pul solingan kichkina hamyonim bor.
Kompaniyamni uchta davlatda filiali bor va shu sababli yonimda har doim pasportim bo‘ladi. Chunki bugun Dubayda bo‘lsa, ertaga Olmaotada bo‘lishim, shu sababli pasportimini olib yuraman.
Boshqa davlatlarga borganda ishlatadigan hujjatlarim solingan kichkina hamyoncha ham bor. Safarga chiqqan paytimda ishlatadigan “Airpods” quloqchinimni olib yuraman.
Oxirgi vaqtda og‘ir yuk ko‘tarib yurishdan charchaganim uchun atirimni idishi ham kichkinaga o‘zgardi.
Eng nozik va kerakli narsalardan bu quvvatlash kabellari bor. Kuni bo‘yi uchrashuvlarda yurgan paytda telefon quvvati tugab qoladi yoki “powerbank'” quvvati ham tugaydi. Shunaqa vaqtda ular albatta kerak.
Ish stolimda foydalanadigan va ryukzagimda olib yuradigan narsalarim mana shular.