Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida Xitoylik investorlar hamkorligida qurilgan sement ishlab chiqaruvchi korxona ochildi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov matbuot xizmati xabar berdi.

Zavod yiliga o‘rtacha 2,5 mln tonna (kuniga 6 ming tonna) tayyor sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Loyiha qiymati $250 mlnni tashkil etib, Xitoyning “Conch International Holdings Limited, “Zhejiang Shangfeng Building Materials Co” Ltd kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari asosida amalga oshirildi.

Loyihaning eksport salohiyati yiliga $10 mnni tashkil etadi, shuningdek, 750 ta ish o‘rni yaratildi. Zavod uchun jami 74 gektar yer maydoni ajratilgan.


Avvalroq “Spot” Xitoy kompaniyalari Andijonda qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodini ishga tushirishi haqida yozgandi.

$300 mlnlik kelishuv doirasida zavodda keramogranit, ohak hamda polipropilen qop ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, 300ta yuk mashinalari bilan xizmat ko‘rsatuvchi logistika xizmati tashkil etiladi.