2024-yilning birinchi choragida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 258,9 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Shundan 51,5 mlrd so‘mi, ya’ni 19,9%i 20ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 671 mlrd so‘mni, soliq imtiyozlari esa 12,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yanvar-mart oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi “Mak Food Servis” — Evos brendi bo‘ldi. Korxona tomonidan 15,7 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Shuningdek, korxonaning tovar aylanmasi 182,4 mlrd so‘mni, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 3,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rinda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining umumiy ovqatlanish sho’ba korxonasi “Ketring” turibdi. Kompaniya 91,5 mlrd so‘m aylanma bilan 8,7 mlrd so‘m soliq to‘ladi.
O‘tgan yilda eng ko‘p soliq to‘lagan “KFC” tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — “International Foodchain” kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Korxona uch oyda 161 mlrd so‘mlik aylanmasi bilan 7,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Quyida 20ta umumiy ovqatlanish korxonalari har birining tovar aylanmasi, to‘langan soliqlari va imtiyozlari ko‘rsatilgan:
№ | Kompaniya nomi | Tovar aylanmasi, mlrd so‘mda | To‘langan soliqlar, mlrd so‘mda | Soliq imtiyozlari, mlrd so‘mda |
1 | “Mak Food Servis” (Evos) | 182,4 | 15,7 | 3,2 |
2 | “Ketring” | 91,5 | 8,7 | 1,5 |
3 | "International Foodchain" (KFC) | 161 | 7,3 | 3 |
4 | Euro Asia Lider Service | 13,3 | 2,9 | 1 |
5 | Good Food Catering | 25,3 | 1,7 | - |
6 | Savdo | 28,2 | 1,6 | - |
7 | Aviatika | 5,1 | 1,4 | - |
8 | Sayohat-Travel | 10,5 | 1,2 | 0,4 |
9 | Maxway Food | 28,3 | 1,1 | 0,1 |
10 | Vanilla Food | 10,5 | 1,1 | 0,1 |
11 | Concept Catering | 5 | 1,1 | 0,1 |
12 | PJ Eastern Group | 5,5 | 1 | 0,3 |
13 | Ol Foodchain | 22,8 | 1 | 0,2 |
14 | Blackpilaf | 24,7 | 0,9 | 0,2 |
15 | Oqtepa-Food-Service | 23,8 | 0,9 | 0,2 |
16 | Ohangaron Turon Baraka | 4,5 | 0,8 | - |
17 | Xonobod Fayz Taomlari | 7,1 | 0,8 | - |
18 | Alfa Best | 15,3 | 0,8 | 2,2 |
19 | Chuchvara Zamira | 3,4 | 0,8 | 0,2 |
20 | Yummy Meal | 2,8 | 0,7 | 0,1 |
Avvalroq soliq organlari bilan to‘liq integratsiya qilingan 6ta taksi agregatori uch oyda 20,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan haqida xabar berilgandi.