“Mail.ru” fotosuratlarni tiklab beruvchi neyron tarmoq texnologiyasiga kirishni ochdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.
Neyron tarmoq foydalanuvchiga oq va qora fotosuratlarni yoki eski fotosuratlardagi yo‘qolgan elementlarni tiklash imkonini beradi.
Buning uchun maxsus sahifaga o‘tish va eski fotosuratning skanerini yuklansh kerak bo‘ladi.
Qayta ishlashni kutish hamda olingan uchta natijadan birini tanlash kerak. Undan keyin suratni Mail.ru bulutiga saqlab, fotosuratni u yerdan yuklab olish mumkin.
Neyron tarmoq fotosuratning shikastlangan joylarini (yirtilgan yoki eskirgan joylar) tiklashga, shuningdek, oq/qora rangdagi fotosuratni rangli rangga aylantira oladi.
“Ushbu model barcha elementlarni to‘g‘ri tiklash va fotosuratni yanada zamonaviy ko‘rinishga keltirish uchun minglab haqiqiy fotosuratlar va videolar ustida o‘qitildi. Ishonchimiz komilki, bu ko‘pchilikka o‘zlari uchun qadrli bo‘lgan rasmlarga boshqacha qarashga va ularni nafaqat xotirada saqlashga yordam beradi”, — dedi “Mail.ru” ML guruhi rahbari Dmitriy Merkusov.
Qayd etilishicha, neyron tarmoqdan foydalanishda qayta ishlangan tasvirlar soni bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.
Yangi xizmat hozirda barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lib, u bepul ishlaydi.
Avvalroq “Spot” “Microsoft” bitta tasvirdan video yaratadigan yangi neyron tarmoqni taqdim qilgani haqida yozgandi.
Foydalanish uchun rasm va audioni taqdim etish kerak. Algoritm tabiiy yuz ifodalari va turli xil his-tuyg‘ularga ega bo‘lgan gapiradigan odamni yaratadi.