“Nokia 3210” telefoni joriy yilda yana sotuvga chiqarilishi mumkin. Bu haqda “Gizmochina” nashri xabar berdi.

“HMD Global” kompaniyasi 1990-yillarning oxirida xit bo‘lgan mashhur “Nokia 3210” telefonini 25 yildan keyin zamonaviy yangilanishlar bilan taqdim qilishi kutilmoqda.

Yaqinda kompaniyaning kompaniya Keniyada taqdimot marosimini o‘tkazganida, afishada mazkur telefonning posteri paydo bo‘lgan.

nokia, nokia 3210

“HMD” klassik dizayn elementlariga ega “Nokia 3210” (2024) original modelning mohiyatini saqlab qolgan, buni tanish tugmalar tartibi kabi tafsilotlarda ko‘rish mumkin.

Ammo yangilangan telefonning orqa tomoni zamonaviyroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Mashhur “Nokia” logotipi hali ham o‘z joyida, ammo endi asl modelda bo‘lmagan orqa kameraga mavjud. Pastki qismida “HMD” logotipi ham tushirilgan.

nokia, nokia 3210

Reklama posterida “Nokia 3210” (2024) uchun batareyaning uzoq ishlash muddati, “Bluetooth” va 4G ulanishi kabi xususiyatlarga ishora qiladi. Biroq, boshqa tafsilotlar hozircha sir saqlanmoqda.


Avvalroq “Spot” “Nokia” 2026-yilda smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida yozgandi.

Kompaniya endi o‘z assortimentini planshetlar, funksiyali telefonlar bilan kengaytirishni rejalashtirmoqda.