“Uzbekistan Airways” Samarqand-Nijniy Novgorod-Samarqand yo‘nalishida aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 9-maydan boshlanadigan parvozlar payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Jadval (har bir aeroport uchun mahalliy vaqt):
- Samarqanddan jo‘nab ketish — soat 09:20, Nijniy Novgorodga yetib kelish — soat 11:10;
- Nijniy Novgoroddan jo‘nab ketish — soat 12:30, Samarqandga yetib kelish — soat 18:00.
Bir tomonga aviachiptalar narxi 1 mln 810 ming so‘mdan, Samarqand-Nijniy Novgorod-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha esa 2 mln 371 ming so‘mdan boshlanadi.
Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Maxachqal’aga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.
Aviakompaniya Dog‘iston poytaxtiga 9-maydan boshlab har payshanba kuni parvozlarni amalga oshiradi.