Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi.
Avtobuslar quyidagicha harakatlanadi:
- “Mashinasozlar” metro bekatidan — soat 08:00 va 18:00da jo‘naydi;
- Chorvoqdan (Humson) esa 06:00 va 16:00 qaytadi.
Yo‘lkira narxi 20 ming so‘mni tashkil etib, qatnovlar “Yutong” avtobuslarida amalga oshirilmoqda.
2023-yilning iyun oyi boshida poytaxtdan “Chorvoq” erkin turistik zonasiga grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgandi.
Davlat rahbari “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus, Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini belgilab bergan.