“TikTok” AQShda bo‘lgani kabi Yevropa Ittifoqida ham taqiqlanishi mumkin, bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Layen saylovoldi debatida ma’lum qildi, deb yozadi “Politico” nashri.
“Bu istisno emas. Biz „TikTok“ xavfini aniq bilamiz”, dedi u.
Von der Leyen o‘tgan yilning fevral oyida YeI “o‘zining korporativ telefonlarida “TikTok"ni taqiqlagan dunyodagi birinchi muassasa” ekanligini esladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 24-aprel kuni agar platforma egasi Xitoyning “ByteDance” texnologiya kompaniyasi AQShdagi biznesini keyingi 270 kun ichida sotmasa, “TikTok"ni mamlakatda taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladi.
Shu bilan birga, “The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, Xitoy tomoni “ByteDance"ga “TikTok"ning majburiy sotilishi nomaqbul ekanligini va Xitoy uchun AQShda ijtimoiy tarmoqqa taqiq qo‘yilgani ma’qulroq ekanini ma’lum qilgan.
Avvalroq “Spot” Qozog‘iston TikTok’ni blokirovka qilish imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqida yozgandi.
Mamlakat madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva platforma orqali firibgarlik, yolg‘on ma’lumot tarqatish va bezorilik holatlari ko‘payganini qayd etdi.